Donald Trampning Kaliforniyadagi saylovoldi chiqishi paytida qurolli shaxs qoʻlga olindi

eʼlon qilindi
Keyinchalik u $5 ming miqdoridagi garov evaziga ozod qilingan
Foto: Instagram / realdonaldtrump

Politsiya AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning Kaliforniyadagi chiqishida nazorat-oʻtkazish punktida qurollangan kishini hibsga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, u 49 yoshli las-vegaslik Vam Miller boʻlib, uning yonidan ov miltigʻi va oʻqlangan toʻpponcha topilgan. U noqonuniy qurol saqlagani uchun hibsga olingan. Keyinchalik esa $5 ming miqdoridagi garov evaziga ozod qilingan.

«Biz yana bir suiqasdning oldini olgan boʻlishimiz mumkin», – dedi mahalliy sherif Chad Bianko.

Eslatib oʻtamiz, bu Trampga uyushtirilgan uchinchi suiqasd hisoblanadi. Birinchisi, 13-iyul kuni Pensilvaniyadagi saylovoldi kampaniyasida sodir boʻlgan. Ikkinchi urinish esa 15-sentabr kuni Floridadagi Tramp oʻynayotgan golf klubi yaqinida boʻlib oʻtdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek