Qarashlar

Dunyodagi eng noodatiy 10 ta binosi

Ularning aksariyati aholiga ko‘rgazma zallari va muzeylar sifatida xizmat qilmoqda
Foto: muallifi Alan Levine / Beagle mehmonxonasi

Kursiv Uzbekistan nashri Plan Radar sahifasiga tayanib, minglab turistlar va mahalliy tashrif buyuruvchilarni lol qoldirayotgan dunyodagi eng noyob binolar o‘ntaligini tuzdi.

  1. Beagle mehmonxonasi, AQSh

Noodatiy it shaklidagi uy AQShning Aydaxo shtatidagi Kottonvud shahrida apreldan oktabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lib, mehmonlarga muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, bepul internet va vanna mavjud. Bir kechaning narxi ikki kishi uchun bir kechaga $132 turadi. Beagle mehmonxonasi insonlar bilan birga ularning itlarini ham qabul qiladi.

Foto muallifi Warren Whyte

2. Dongdaeumun Design Plaza, Janubiy Koreya

2014-yildan beri Janubiy Koreya poytaxti Seulni yoritayotgan bu noyob bino ulkan neon yoritqichni eslatadi. Bino dizayni mashhur arxitektor Zaha Hadid tomonidan ishlab chiqilgan. Bino nafaqat noyob arxitekturasi tufayli, balki ichida qamrab olgan muzey, san’at zallari, savdo obyektlari va parklari bilan ham tashrif buyuruvchilarning hayratiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Foto: Archello.com

3. Bund moliya markazi, Xitoy

Bu bino doimiy harakatlanib turuvchi tashqi ko‘rinishi bilan boshqalaridan farq qiladi. Po‘lat quvurlardan yasalgan uchta parda kuniga bir necha marta bino fasadi bo‘ylab harakatlanadi. Ko‘rgazma va konferensiyalar uchun mo‘ljallangan markaz bronza va oltin rang sxemasi bilan ham diqqatni tortadi. Shanxay metropolidagi mashhur. Ushbu ajoyib arxitektura durdonasi mualliflari Tomas Xezervik va Norman Fosterlardir.

Foto muallifi Diliff

4. Yarim shar binosi, Ispaniya

Me’mor Santyago Kalatravaning so‘zlariga ko‘ra, Valensiyadagi yarim sharning g‘ayrioddiy arxitekturasi inson ko‘zini ifodalaydi. Bino ichida 3D IMAX kinoteatri joylashgan. Yarim shar o‘zining maxsus dizayni bilan atrofdagi noodatiy binolar orasida yaqqol ajralib turadi.

Foto: Planradar.com

5. Longaberger Basket binosi , AQSh

Ushbu g‘aroyib arxitektura yodgorligi nomi savdo savatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya asoschisi Deyv Longabergerga borib taqaladi. Asoschisi vafotidan keyin bir muddat ishlashda to‘xtagan bino, 2020-yilda hashamatli mehmonxona sifatida qayta ochildi.

Foto: Amazingczechia.com

6. Raqs uyi, Chexiya

Me’mor Frenk Gehri tomonidan qurilgan ushbu bino «Fred va Ginger» laqabini olgan. Tanqidchilar g‘ayrioddiy arxitekturani Praganing an’anaviy shahar manzarasidan ajralib turishini aytgan. Bino muxlislari esa, aksincha, binoning dinamik tuzilishini doimo olqishlagan.

Foto muallifi Aimaina Xikari

7. Krzywy Domek, Polsha

Bu qiyshiq shakldagi bino Polshaning Sopot shahridagi savdo markazining bir qismidir. 2004-yilda Szotyńscy & Zaleski tomonidan loyihalashtirilgan ushbu noodatiy bino mamlakatning eng ko‘p suratga olinadigan diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.

Foto muallifi Pablo García Chao

8. Tosh uy, Portugaliya

Casa do Penedos yoki Portugaliyadagi «Tosh uy» 1972-74 yillarda bir nechta yirik tosh bloklar orqali qurilgan. O‘shandan buyon bino o‘zining tarixiy jozibasi bilan sayyohlarning diqqat markazida bo‘lib keladi. Bino ichida kichik muzey joylashgan.

Foto muallifi Arian Zwegers

9. Lotus ibodatxonasi, Hindiston

Nomidan ko‘rinib turibdiki, lotus guli Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi Lotus ibodatxonasi uchun namuna bo‘lgan. Ma’badning g‘ayrioddiy arxitekturasi gulbarglar shaklidagi 27 ta mustaqil marmar elementni o‘z ichiga oladi. 40 metr balandlikdagi bino 2500 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni o‘z ichiga sig‘dira oladi.

Foto: Planradar.com

10. Choynak uy, Xitoy

Mashhur choynak shaklida qurilgan bino Xitoyning Vuxi shahrida joylashgan. Magistral diametri 50 metr va balandligi 38,8 metr bo‘lgan choynak binosi Wanda Group tomonidan qurilgan. 5000 kvadrat metr maydonni egallagan bino madaniy ko‘rgazmalar uchun xizmat qiladi. Uch qavatdan iborat binoning tashqi ko‘rinishi uchun alyuminiy qoplama va shishadan foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng noodatiy 10 ta meva haqida yozgan edik.