Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston energetika vazirlari suv-energetika tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tomonlar energetika va suv balansi bo‘yicha kelishib oldilar, mintaqaviy gidroenergetika loyihalari – Qambar-Ota GESini qurish va Qirg‘izistonning Chotqol daryosida elektr stansiyasini yaratish rejalarini muhokama qildilar. Xitoyning CCEC korporatsiyasi allaqachon loyihaga qiziqish bildirgan.
Yig‘ilishda mehmon sifatida Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari Kamol Abbosov ishtirok etdi.
Muhokamalar natijasida tomonlar suv-energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqilish va qo‘shma ishchi guruhlar uchrashuvlarini muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTB Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun grant ajratgani haqida yozgan edik.