Yangiliklar

Niderlandiya O‘zbekiston bilan deportatsiya bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda

Jarayon dastlabki bosqichda
Foto: Unsplash

Niderlandiya hukumati qabul qilinmagan afg‘onistonlik murojaatchilarni deportatsiya qilish uchun O‘zbekiston bilan kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda NL Times portali xabar berdi.

«Hozirda hukumat O‘zbekiston bilan qanday kelishuvlarga erishish mumkinligi hamda ushbu kelishuvlar qanday natija berishi mumkinligini o‘rganmoqda», – dedi Niderlandiya migratsiya vaziri Marjoleyn Faber ommaviy axborot vositalariga.

Qayd etilishicha, u ushbu jarayonning dastlabki bosqichda ekanini va jurnalistlarga aniq ma’lumot berolmasligini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Germaniya O‘zbekiston bilan shunga o‘xshash kelishuv imzolashni rejalashtirgani haqida xabar bergan edi. Kelishuvlar orqali mamlakatlar afg‘onistonlik qochqinlarni O‘zbekiston orqali o‘z yurtlariga qaytarishni rejalashtirgan.