Yangiliklar

Oʻzbekiston kikbokschilari Osiyo chempionatida birinchi oʻrinni egalladi

Chempionatga Kambodja mezbonlik qildi
Foto: O‘KA

Kambodjada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida kikbokschilarimiz jami 28 ta medal jamlab, qit’ada tengsiz deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, terma jamoa 20 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hamyurtimiz Diana Bektemirova triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egallagan edi.