Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi
Inson tanasida to‘plangan toksinlarni chiqarib tashlash jarayoni detoksikatsiya deb ataladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.
Nosog‘lom turmush tarzi noto‘g‘ri ovqatlanish, atrof-muhit ta’siri va boshqa omillar natijasida tanamizda to‘plangan toksinlarni chiqarib tashlash jarayoni – detoksikatsiya deyiladi.
Bu borada tibbiyot fanlari doktori, dotsent Dilafruz Abdullayeva batafsil ma’lumot taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, tanamizda jigar, buyraklar, teri va yo‘g‘on ichak kabi ko‘plab detoksikatsiya organlari mavjud. Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi mavjud.
Birinchi va ikkinchi bosqich jigarda sodir bo‘ladi. Bunda jigar zararli yog‘da eriydigan molekulalarni kamroq zararli birikmalarga aylantiradi.
Uchinchisi esa bunda toksinlar yoki keraksiz birikmalar hujayradan detoksikatsiya organlari: ichaklar, buyraklar, o‘pkalar va teri orqali chiqarib tashlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi onalar va bolalar o‘limi darajasi pasaygani haqida ma’lum qilgan edi.