O‘zbekiston logistika sohasida Ummon tajribasi qo‘llaniladi
O‘zbekiston va Ummon mamlakatlari logistika sohasida «umidli» biznes imkoniyatlarini o‘rganish uchun o‘zaro tushunish memorandumini (MoU) imzoladi. Bu haqda Muscat daily portali xabar berdi.
Hujjat Toshkentda O‘zbekiston investitsiya, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov tomonidan imzolandi. Imzolash marosimida O‘zbekistondagi Ummon elchisi H E Vafo bint Jabr al Busaydi va ASYAD Group ijrochi direktori Abdulrahmon bin Salem al Hatmi ham ishtirok etdi.
Tomonlar O‘zbekistonda temir yo‘l, havo yuk tashish, yer portlari va skladlarini boshqarishda Asyad Group tajribasidan foydalanishga kelishib oldilar. Shuningdek, operatorning ishlanmalari elektron kommersiyada ham qo‘llanishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ummon o‘zbekistonliklar uchun vizasiz kirish tartibini joriy etgani haqida xabar bergan edi.