Uzum jamoasiga qanday qo‘shilish mumkin

eʼlon qilindi
Bu borada kompaniya ma’lumotlar berdi
Foto: Uzum

Uzum jamoasiga qanday qo‘shilish va karyerani qanday rivojlantirish mumkin? Bu borada kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kompaniyada stajirovka o‘tagan va IT-akademiyasida tahsil olgan yosh mutaxassislar doimiy ravishda o‘z tajribalari bilan bo‘lishib bormoqda. Ular orasida Isroilxo‘ja Tangriberganov, Aziz Latipov va Nigina Yadgarova bor.

Isroilxo‘ja Tangriberganov – Uzum Tezkorning HR-loyihalar menejeri. Uzum’da amaliyot o‘tash uchun ariza topshirgan va qabul qilingan.  

«Amaliyot davomida men tadbirlar tashkil qildim (stajyorlar uchun ommaviy intervyular, korporativ bayramni tashkil etishda yordam berdim), soft-skilllarni rivojlantirish rejalarini tuzishni taqdimotlar bilan ishlash va ommaviy chiqishlarni tayyorlash ko‘nikmalarimni oshirdim», – deydi mutaxassis.  

Aziz Latipov – Uzum Marketning junior ML-muhandisi. U Uzum IT-akademiyasida biznes-tahlil kursini tugatgach amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lgan.

«Mening ishga kirishishim Uzum IT-akademiyasining biznes-tahlil yo‘nalishidagi kursidan boshlandi. Mening vazifalarim foydalanuvchi ehtiyojlarini tahlil qilish, dasturiy ta’minot (DT) uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, ER-diagrammalarni yangilash va API-hujjatlarini tayyorlashdan iborat edi. Oradan sakkiz oy o‘tib, Uzum Market jamoasiga ML-muhandisi sifatida ishga o‘tdim», – deydi Latipov.  

Nigina Yadgarova – Uzum Tezkor marketing departamenti mutaxassisi. U universitetdagi karyera kunida Uzum’da stajirovka o‘tash imkoniyatidan xabardor bo‘lgan va amaliyotga qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-oktabrdan Uzum Market hamkorlar bilan ishlashning yangi sxemasi – FBS’ni (Fulfilment by Seller) ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek