Xitoy armiyasi Tayvanga hujum qilish uchun mashq jarayonini boshladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Asosiy orol portlarini blokirovka qilish va nazorat qilish rejalashtirilgan
                    
                            
Xitoy xalq-ozodlik armiyasi Tayvan oroli atrofida «Qoʻshma oʻtkir qilich 2024B» mashgʻulotlarini boshladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
Mashq davomida harbiylar Tayvanga shimoldan, janubdan va sharqdan yaqinlashadi, soʻngra «Har xil zarba beruvchi kuchlar ishtirokida qoʻshma hujum manevrlarini» oʻtkazadi.
Asosiy orol portlarini blokirovka va nazorat qilish rejalashtirilgan. Mashq Tayvan mustaqilligiga erishmoqchi boʻlgan kuchlar uchun «katta zarba» boʻlishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Tayvanni Xitoyning bir qismi deb tan olishi haqida xabar berdi.
