Xitoy xalq-ozodlik armiyasi Tayvan oroli atrofida «Qoʻshma oʻtkir qilich 2024B» mashgʻulotlarini boshladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
Mashq davomida harbiylar Tayvanga shimoldan, janubdan va sharqdan yaqinlashadi, soʻngra «Har xil zarba beruvchi kuchlar ishtirokida qoʻshma hujum manevrlarini» oʻtkazadi.
Asosiy orol portlarini blokirovka va nazorat qilish rejalashtirilgan. Mashq Tayvan mustaqilligiga erishmoqchi boʻlgan kuchlar uchun «katta zarba» boʻlishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Tayvanni Xitoyning bir qismi deb tan olishi haqida xabar berdi.