Yaqin ikki yilda Toshkent viloyatiga $26 milliard sarmoya kiritiladi
2024 – 2026-yillar davomida Toshkent viloyatida umumiy qiymati $26 mlrd.ga teng 125 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezidentga Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon investorlari va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida qiymati $3,4 mlrd.lik 11 ta yirik loyiha taqdim etildi. Bu orqali toʻqimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, energetika, qurilish kabi tarmoqlarda 23 ming ish oʻrni yaratiladi.
125 ta loyihalarning 21 tasi strategik, 52 tasi tarmoq va yana 52 tasi mintaqaviydir. Ushbu dasturlarni amalga oshirish natijasida 42 mingta yangi bo‘sh ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Xitoylik investorlar bilan Olmaliq shahrida «Buyuk Ipak yo‘li» sanoat texnoparkini tashkil etish loyihasi hamkorlikka misol bo‘la oladi. 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beruvchi 1 milliard dollarlik yuzdan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Zangiota viloyatida Janubiy koreyalik investorlar bilan birgalikda jigar, bo‘g‘im, ko‘z va miya kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan tibbiy dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 200 nafar kishi ish bilan ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq USAID ko‘magida Namanganda $2,3 millionlik loyiha ishga tushgani haqida yozgan edik.