Beeline Uzbekistan’ga yangi rahbar tayinlanadi
Beeline Qirg‘izistonning sobiq rahbari Andrey Pyatakhin O‘zbekistonning Beeline shuba kompaniyasini boshqaradi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berildi.
Ushbu qaror Beeline Uzbekistan’ning amaldagi bosh direktori Andzhey Malinovskiyning noyabr oxirigacha iste’foga chiqishi bilan bog‘liq.
Pyatakhin 2001-yildan beri Veon telekommunikatsiya xoldingida (Beeline Uzbekistan uning tarkibiga kiradi) faoliyat yuritib kelmoqda. U ushbu davr ichida Gruziya va Armanistondagi operatsion kompaniyalar bosh direktori, shuningdek, Beeline Qirg‘iziston rahbari lavozimlarida ishlagan.
Malinovskiy Beeline Uzbekistan’ni 2021-yil martidan boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvi ostida kompaniya milliy valyutada ikki xonali sonda daromad o‘sishiga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Veon O‘zbekistonda Kinom onlayn kinoteatrini ishga tushirishi haqida xabar bergan edi.