Yangiliklar

Fayzullayev BAAga qarshi o‘yin oldidan jarohat oldi

Uning holati 95 foiz o‘yinda ishtirok etishiga imkon beradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Bu BAA bilan o‘yin oldi matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.

Futbolchining oyog‘i shikastlangan. Uning hozirgi holati tibbiyot xodimlari kuzatuvida. Fayzullayevning holati 95 foiz o‘yinda ishtirok etishiga imkon beradi deb hisoblanmoqda.

Fayzullayev o‘tgan yili Xalqaro futbol tarix va statistika federatsiyasi tomonidan jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi nomzodlaridan biri bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichida «A» guruhida yetakchilik qilmoqda. Jamoa hisobida yetti ochko mavjud. Hozirgi kunda ham shunday vaziyat saqlanib qolmoqda. BAAning hisobida to‘rtta ochko bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «JCH – 2026» saralashidagi 3-bosqich 3-turida O’zbekiston va Eron o‘yini 0:0 hisobda nihoyasiga yetgani haqida xabar bergan edi.