«JCh – 2026» saralash: O‘zbekiston BAAga qarshi o‘ynaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Guruh bosqichining 4-tur doirasida
                    
                            
Bugun, 15-oktabr kuni «Jahon chempionati – 2026» saralashining 3-bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi to‘p suradi.
Uchrashuv Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 3-turdan keyin O‘zbekiston o‘z guruhida yetti ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Eronda ham yetti ochko bor. Keyingi o‘rinlardan BAA va Qatar (har ikkisida to‘rt ochko), KXDR (ikki ochko) va Qirg‘iziston (nol ochko) joylashgan.
Shuningdek, 4-tur doirasida Eron Dubay shahrida Qatar terma jamoasi bilan kuch sinashsa, Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz maydonida KXDRni qabul qiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston 3-turda Eron bilan durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.
