2024-yil 14-oktabr holatiga ko‘ra, 4,2 million nafar jismoniy shaxs tomonidan 4,6 trln so‘m yer va mol-mulk soliqlari to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu to‘lov summalari 6 million ta obyekt bo‘yicha to‘langan. To‘lanmasdan qolayotgan soliq summasi 3,5 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 712 mingta obyekt bo‘yicha qarzdorlik summasi 1 million so‘mdan yuqori.
Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi muddati 15-oktabr qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan uchinchi chorakda soliq tushumlari deyarli 22 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.