«Mening bogʻcham» loyihasiga ovoz berish jarayoni boshlandi

eʼlon qilindi
Ovoz berish jarayoni 25-oktabr 10:00 gacha davom etadi
Foto: Paha_L

Joriy yilning 15-oktabridan 25-oktabrigacha «Ochiq budjet» axborot portalida «Mening bogʻcham» loyihasiga ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarga aniqlik kiritish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Ovoz beruvchilar «Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi, portalning mobil ilovasi (Android va iOS), Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni «Bir fuqaro — bir ovoz» tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Tashabbusli budjet»da 177 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek