Yangiliklar

Nvidia aksiyalarining narxi yangi rekord darajaga yetdi

Kompaniya sun’iy intellekt chiplarining 95 foizini yetkazib beradi
Foto: MichaelVi / Depositphotos

Amerikaning Nvidia kompaniyasining aksiyalari $138 gacha koʻtarildi va iyun oyidagi eng yuqori koʻrsatkichdan oʻtib ketdi.

14-oktabrdagi savdolar yakuniga koʻra, chip ishlab chiqaruvchisi kompaniyaning aksiyalari 2,4 foizga qimmatlashgan.

Yil davomida kompaniya aksiyalari uch baravar qimmatlashgan. Nvidia Microsoft va Googleʼni ortda qoldirib, dunyodagi ikkinchi kapitallashtirilgan kompaniyaga aylandi. Reytingda hamon $120 milliardlik marja bilan Apple birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Tahlilchilar Nvidiaʼning moliyaviy oʻsishini uning sun’iy intellekt chiplari bozoridagi ustun mavqeyi bilan bogʻlashmoqda. Mizuho ma’lumotlariga koʻra, kompaniya sun’iy intellekt chiplari bozorining 95 foizini egallaydi va texnologiya gigantlari bilan foydali shartnomalar tuzgan.

Oktabr oyida Nvidia keyingi avlod sun’iy intellet tizimlari uchun Blackwell chipini ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TSMC Yevropada chip ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.