Yangiliklar

O‘zbekiston BAA ustidan 1:0 hisobda g‘alaba qozondi – video

Bu orqali hamyurtlarimiz guruh peshqadamiga aylandi
Foto: O‘FF

«JCH – 2026» saralashidagi 3-bosqich 4-turida O‘zbekiston futbol terma jamoasi o‘z uyida Birlashgan Arab Amirligini 1:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar berdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/10/video_8.mp4

Unga ko‘ra, o‘yinning 76-daqiqasida Otabek Shukurov tomonidan amalga oshirilgan penalti zarbasi raqib jamoa darvozasini ishg‘ol etdi va jamoamiz hisobidagi yagona gol bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Eron bilan 0:0 hisobdagi natija qayd etgan edi.