Telegram messenjerida telefon raqamlarini tekshirishning yangi usuli mavjud bo‘ldi. Bu haqda xizmat asoschisi Pavel Durov xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda tekshiruv kodlarini Telegram orqali yuborgan holda millionlab mablag‘ni tejab qolish mumkin.
«Endi kompaniyalar o‘z foydalanuvchilariga tekshiruv kodlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram orqali yuborib, millionlab mablag‘larni tejashlari mumkin. Bu usul an’anaviy SMS-verifikatsiyaga qaraganda ancha arzon, tez va xavfsiz. Biz uni Telegram Gateway deb ataymiz», – deyiladi Durovning Telegram kanalida.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xizmat pulli bo‘ladi, bir kodning qiymati 0,01 AQSh dollariga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram Qozog‘istonda ofis ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.