Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi avtomobilning ishlab chiqilishi «UzAuto Motors» AJ marketologlari ichki va tashqi bozorlarda iste’molchilarning talablarini o‘rganish natijalari bilan bog‘liq.
Chevrolet Cobalt Midnight konsepsiyasi dastlab avtomobilni qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar bilan jihozlashni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, kelgusida avtomobilning ichki dizaynini ham yangilash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Chevrolet Cobalt Midnight 106 ot kuchiga ega 1.5 litrli dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi bilan ta’minlanadi. Yaxshilangan tashqi ko‘rinishga ega avtomobil avvalgi Cobalt komplektatsiyasiga qo‘shimcha sifatida chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Tbilisida yangi dilerlik markazini ochgani haqida xabar bergan edi.