Vladislav Bakalchuk: Wildberries Russ kompaniyasining qarzlarini to‘lamoqda
Wildberries marketpleysi reklama operatori Russ’ning VTB Bank oldidagi ko‘p milliard dollarlik qarzlarini to‘lamoqda. Bu haqda rossiyalik tadbirkor Vladislav Bakalchuk o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Restrukturizatsiya jarayoni bu Wildberries kompaniyasining 35 foiz ulushini ustav kapitali 70 ming rubl bo‘lgan kompaniyaga o‘tkazish emas, balki Kerimovlar klani foydasiga pul olish bo’yicha to’liq operatsiyadir», – deydi Bakalchuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aka-uka Mirzoyanlarning qarzlari Wildberries kompaniyasi Russ bilan birlashganidan keyin bekor qilingan. Reklama operatorini aka-uka Mirzoyanlardan biri Robert egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi o‘rtalarida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Wildberries va Russ birlashuvi sababli Sulaymon Kerimovga qarshi qonli qasos e’lon qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Wildberries rahbariyatini reklama yuzasidan tanish-bilishchilikda ayblagani haqida xabar bergan edi.