Yangi Toshkentda quriladigan Alisher Navoiy markazi qanday ko‘rinishda bo‘ladi

eʼlon qilindi
Loyiha Designboom internet jurnalida chop etildi
Foto: Designboom

Yangi Toshkentda Zaha Hadid Architects byurosi tomonidan ishlab chiqilgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi loyihasining renderlari taqdim etildi. Tasvir Designboom internet jurnalida chop etildi.

Shuningdek, markazda adabiyot muzeyi, o‘zbek tili adabiyoti va musiqasi maktabi hamda 400 o‘rinli zal joylashtirilishi rejalashtirilgan. Binoning umumiy maydoni 23 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

Foto: Designboom

Binoning qurilishi o‘zaro bog‘langan maydonlardan iborat bo‘ladi, bu talabalar, tadqiqotchilar va san’atkorlar o‘rtasida hamkorlik va muloqotni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan.

Markazni loyihalashda me’morlar O‘zbekistonning arxitektura tarixidan ilhom olishgan. Mintaqaviy dizayn uchun xos bo‘lgan ichki hovlilarni yaratish rejalashtirilgan.

Foto: Designboom

Shuningdek, binoda passiv sovitish tizimi o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Arklar ichi bo‘sh konstruksiyalar bo‘lib, ular shamolni ushlab, sovuq havoni bino bo‘ylab taqsimlaydi. Kechasi yig‘ilgan issiqlik chiqarib yuboriladi. Bunday tizim energiya sarfini kamaytirib, mehmonlar uchun qulaylikni saqlab qoladi.

Foto: Designboom

Ma’lumot uchun, Zaha Hadid Architects byurosi, 1988-yilda professional Pritzker mukofoti sohibasi Zaha Hadid tomonidan asos solingan. Kompaniyaning bosh ofisi Londonda joylashgan. Loyiha geografiyasi Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlarini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Toshkentda dastlabki binolar qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek