O‘zbekistonda BYD Yuan Up’ning narxi necha pul etib belgilandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda kompaniya rasmiy sahifalarda ma’lum qildi
                    
                            
Bugun, 16-oktabr kuni Toshkentda BYD kompaniyasi Yuan Up krossoverining taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Elektromobil CTB texnologiyasiga ega e-platforma 3.0 asosida yaratilgan u bir marta quvvatlanishda 401 km gacha masofani bosib o‘tadi.
 
Avtomobil narxi – 266,7 mln so‘mni tashkil qiladi. BYD Yuan Up 4 haydash rejimiga ega – Eco, Sport, Normal va Snow.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Chevrolet Cobalt’ning yangilangan ko‘rinishini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.
