Bugun, 16-oktabr kuni Toshkentda BYD kompaniyasi Yuan Up krossoverining taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Elektromobil CTB texnologiyasiga ega e-platforma 3.0 asosida yaratilgan u bir marta quvvatlanishda 401 km gacha masofani bosib o‘tadi.
Avtomobil narxi – 266,7 mln so‘mni tashkil qiladi. BYD Yuan Up 4 haydash rejimiga ega – Eco, Sport, Normal va Snow.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Chevrolet Cobalt’ning yangilangan ko‘rinishini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.