Yangiliklar

Donald Tramp saylovoldi mitingni raqs kechasiga aylantirdi

Kamala Harris raqibining ruhiy holatidan xavotirda
Foto: Tommy Pennington / Getty Images

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida saylovchilarga siyosat haqida gapirish o‘rniga musiqa tinglashni taklif qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Sobiq prezidentning bunday g‘ayrioddiy tashabbus bilan chiqishiga sabab, tadbirda ikki ishtirokchi issiqdan hushidan ketgan. Shundan so‘ng, Tramp konditsionerni yoqishni so‘ragan, ammo bu amalga oshmagach, siyosatchi musiqiy tanaffus e’lon qildi.

Musiqa tinglash vaqtida Tramp 40 daqiqa davomida raqsga tushdi.

Trampning saylovdagi raqibi, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Trampning ruhiy holati borasida xavotir bildirgan.

«Umid qilamanki, u yaxshi», – dedi Harris. Ma’lumot uchun, AQShda saylovlar 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Trampning Kaliforniyadagi saylovoldi chiqishi paytida qurolli shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.