Miran mehmonxonasida sodir boʻlgan yongʻin oʻchirildi
eʼlon qilindi
Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zararni aniqlash ishlari olib borilmoqda
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Miran mehmonxonasida sodir boʻlgan yongʻin oʻchirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yongʻin soat 19:16 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan. Oʻchirish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev shaxsan nazorat qilib borgan.
Hozirda yongʻin sabablari va moddiy zararni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi Miran International mehmonxonasida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edi.