O‘zbekiston parlament saylovlarida muddatidan ilgari ovoz berish boshlandi

eʼlon qilindi
Jarayon 23-oktabrgacha davom etadi
Foto: Yusup Kabuljanov / Telegram kanal

Parlament saylovlarida muddatidan ilgari ovoz berish boshlandi.  Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Saylov uchastkalari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha va dam olish kunlarida 11:00 dan 17:00 gacha faoliyat olib boradi. Jarayon 23-oktabrgacha davom etadi.

Qayd etilishicha, muddatidan ilgari ovoz berish jarayoni chet mamlakatlarda ham boshlangan. Misol uchun, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsuli Yusup Kabuljanovning ma’lum qilishicha, Xabarovsk mintaqasida muddatidan ilgari ovoz berish jarayoni boshlandi.

Ma’lumot uchun, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilik palatasiga saylov 2024-yil 27-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 39 davlatda saylov uchastkalari ochilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek