Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
33 ta yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining shoʻba kompaniyasi «Pobeda» qishda Moskvadan Qirgʻizistonning Oʻsh va Toshkent shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar berdi.
Umuman olganda, «Aeroflot» joriy qishda parvozlar jadvalini 8 foizga kengaytirib, 260 ta yoʻnalishga yetkazadi.
33 ta yangi yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Qayd etilganlardan tashqari, Sankt-Peterburgdan Olmaotaga reys ham amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda 15 ta aviakompaniyaga chiptalarni Toshkent aeroporti kassalarida xarid qilish mumkinligi haqida xabar bergan edi.