Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
33 ta yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan
Foto: «Pobeda»

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining shoʻba kompaniyasi «Pobeda» qishda Moskvadan Qirgʻizistonning Oʻsh va Toshkent shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar berdi.

Umuman olganda, «Aeroflot» joriy qishda parvozlar jadvalini 8 foizga kengaytirib, 260 ta yoʻnalishga yetkazadi.

33 ta yangi yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Qayd etilganlardan tashqari, Sankt-Peterburgdan Olmaotaga reys ham amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda 15 ta aviakompaniyaga chiptalarni Toshkent aeroporti kassalarida xarid qilish mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek