Yangiliklar

Toshkent viloyatida jamoat transporti uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi

Bu yangi tashkil etilayotgan jamoat transport yoʻnalishlarining markazida Nurafshon shahri turishi qayd etildi
Foto: Unsplash

Toshkent viloyatida jamoat transportini yaxshilash maqsadida 1000 ta yangi avtobus xarid qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokim Zoyir Mirzayev topshiriq berdi.

Unga koʻra, Transport boshqarmasi aholi vakillarining fikrini oʻrgangan holda, barcha shahar va tumanlardan viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi. Shuningdek, bu yangi tashkil etilayotgan jamoat transport yoʻnalishlarining markazida Nurafshon shahri turishi lozimligi alohida qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, Namangandagi jamoat transportlari Yutong avtobuslari bilan yangilangan edi.

Avvalroq kursiv Uzbekistan Toshkentda avtobuslar tezligi soatiga 50 kilometrgacha cheklanishi haqida xabar bergan edi.