Toshkentda ikki yirik narkolaboratoriya fosh etildi
Toshkentda ikkita narkolaboratoriya egasi qo‘lga olindi va uning yonidan $1 millionlik taqiqlangan moddalar topildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Laboratoriyalardan biri poytaxtning Yashnobod tumanidagi kvartirada, ikkinchisi esa Toshkent viloyatidagi uylardan birida joylashgan. Binolarda kimyoviy uskunalar, gaz niqoblari, reaktivlar va 14,8 kg sintetik giyohvandlik vositalari topildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari hisob-kitobiga ko‘ra, bu taqiqlangan moddalar 40 ming doza uchun yetarli bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5 qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, laboratoriyalar egasiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Gumonlanuvchi shaxsga nisbatan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan internet orqali giyohvandlik vositalarini reklama qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi haqida xabar bergan edi.