Yangiliklar

Toshkentdagi Miran International mehmonxonasida yong‘in kelib chiqdi

Tan jarohati olgan va vafot etganlar haqida xabar kelib tushmagan
Foto: Egor Kimxay

16-oktabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Shahrisabz koʻchasida joylashgan sobiq Miran mehmonxonasi binosida yongʻin kelib chiqdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/10/2024-10-16-18.36.01.mp4

Yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yongʻin soat 18:19 da qurshab olingan va soat 19:16 da bartaraf etildi.

Hozircha yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.