Yangi iPad sun’iy intellekt bilan chiqarildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yangi qurilma 23-oktabrdan sotuvga chiqariladi 
                    
                            
Apple kompaniyasi yangi iPad mini planshetining chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu qurilma Apple Intelligence sun’iy intellekt platformasining funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, mahsulot iPad mini A17 Pro protsessorida ishlaydi.
Bundan tashqari, qurilma USB-C ulanish nuqtasi hamda Touch ID tizimi bilan jihozlangan.
Kompaniya yangi planshet kompyuterining dizayni avvalgi modellarga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga uchramasligini ma’lum qildi.
Yangi iPad mini 23-oktabrdan sotuvga chiqariladi hamda ushbu qurilmaning narxi $499 dan boshlanishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 16 ning Toshkentdagi narxlari haqida ma’lumot bergan edi.
