23 – 25-oktabr kunlari Toshkentda katta avtomobillar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 23 – 25-oktabr kunlari Automechanika Tashkent koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda koʻrgazma rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Uch kun davomida CAEx koʻrgazma majmuasining 10 ming kvadrat metrdan ortiq maydonida Hindiston, Germaniya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Malayziya kabi davlatlardan kelgan 400 dan ortiq kompaniya, avtomobil sanoatidagi innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni taqdim etadi.
Koʻrgazmada avtomobil olamidagi soʻnggi yangiliklar va avtomexanika sohasidagi oxirgi ishlanmalar bilan tanishish imkoni bo‘ladi.
Bundan tashqari, ushbu maydonda Tashkent International Auto Show koʻrgazmasi ham oʻtkaziladi, unda Chery, GAC, MG Motors, Soueast, Neta, Seres, JAC, Deepal, Changan, Chevrolet kabi dunyo boʻylab avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi.
Koʻrgazmada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda BYD Yuan Upʼning taqdimoti boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.