Joriy yil 16-oktabr kuni kechqurun Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Toshkent vaqti bilan soat 23:56 da yuz bergan ushbu zilzila Surxondaryo viloyatida ham sezilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistondagi zilzila magnitudasi 5,8 ballni tashkil etdi. Shu vaqtda yer qimirlashi Surxondaryo viloyati aholisiga ham sezilgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hududida zilzila kuchi ikki ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ikki ballik zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.