Amazon va Google yadroviy energiyaga investitsiya kiritadi
Google va Amazon kompaniyalari ma’lumotlar markazlarini toza energiya bilan ta’minlash uchun yadroviy energiyaga sarmoya kiritadi. Bu haqda AP news axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ikkala texnologiya gigantlari ham ma’lumotlar markazlari va sun’iy intellektning o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun uglerodsiz elektr energiyasining yangi manbalarini qidirmoqda.
Yadro energetikasi iqlimiy yechim bo‘lib, uning reaktorlari neft, ko‘mir va gaz kabi qazib olinadigan yoqilg‘ilarni yoqadigan elektr stansiyalaridan kelib chiqadigan sayyora iqlimini buzuvchi gazlarni chiqarmaydi.
Binolar va transport vositalari elektrlashtirilgani sari global miqyosda energiyaga talab ortib bormoqda. Odamlar o‘tgan yili har qachongidan ham ko‘proq elektr energiyasidan foydalandi. Bu esa butun dunyo bo‘ylab elektr tarmoqlariga zo‘riqish keltirdi. Talabning katta qismi ma’lumotlar markazlari va sun’iy intellektdan ham keladi.
Xalqaro energetika agentligining prognozlariga ko‘ra, ma’lumotlar markazlarining umumiy elektr iste’moli 2026-yilda 1000 teravatt-soatdan ko‘proqqa yetishi mumkin. Bu 2022-yilgidan ikki baravar ko‘p. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir teravatt soat bir yil davomida 70 ming uyni quvvatlantirishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston atom elektr stansiyasi uchun joy qidirayotgani haqida yozgan edi.