Apple va BYD elektromobil akkumulyatori ustida ish olib borgan – Bloomberg
Xitoyning BYD kompaniyasi Amerikaning Apple korporatsiyasiga elektromobil uchun akkumulyator yaratishda yordam berdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kompaniyalar 2017-yilda litiy-temir-fosfat elementlari asosida akkumulyator tizimini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik qila boshlagan.
BYDʼning Blade akkumulyatorlari Apple bilan ishlash davomida olingan tajribalar asosida rivojlangan. Ushbu akkumulyator tizimi xavfsizligi va energiya saqlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Hozirda BYDʼning barcha avtomobillari Blade akkumulyatorlari bilan jihozlangan.
Bloomberg ta’kidlashicha, Apple oʻn yil davomida elektromobil yaratish ustida ishlagan, keyin esa bu ish bekor qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda BYD Yuan Upʼning taqdimoti boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.