Ayollarning pora talab qilish ehtimoli erkaklarga qaraganda kamroq
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Stolpe erkaklar va ayollar turli darajada korrupsiya sxemalariga jalb qilinganini ta’kidladi.
«Ajablanarlisi shundaki, ko‘p jamiyatlarda ayollarning pora so‘rash ehtimoli kamroq. Ammo bundan ham qiziq tomoni, jamoat siyosiy arbobi bo‘lgan ayollarning korrupsiya sxemalariga aralashish ehtimoli erkaklarnikiga qaraganda 50 – 60 foizga kam», – dedi Stolpe Korrupsiyaga qarshi IV Toshkent forumida.
BMT vakili bu statistik ma’lumotlar «erkaklar haqida ko‘p narsani oshkor qiladi» dedi hazil tariqasida.
Ma’lumot uchun, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha IV Toshkent forumi payshanba kuni antikor idoralarining 250 dan ortiq xodimlari, fuqarolik jamiyati vakillari va xalqaro ekspertlarni jamladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 174 ta normativ-huquqiy hujjatda 413 ta korrupsiyaviy omil aniqlangani haqida yozgan edi.