Cobalt’ning yangi ko‘rinishi avtomobil narxiga qanday ta’sir ko‘rsatadi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors matbuot xizmati bilan bog‘landi
Foto: UzAuto Motors kompaniyasi / Telegram kanal

Joriy yilning 15-oktabr kuni UzAuto Motors tomonidan Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi ko‘rinishi taqdim etildi. Biroq kompaniya tomonidan narxlar haqida ma’lumotlar berilmadi. Bu borada Kursiv Uzbekistan kompaniya matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Qayd etilishicha, Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi ko‘rinishi uchun narxlar borasida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.

«Hozircha faqat shu ma’lumot bor. Qo‘shimchasi bo‘lsa ma’lum qilamiz», – deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan’ga UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar – avgust oylarida 102 mingdan ziyod Cobalt avtomobillari ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga oshgan, shuningdek, ushbu avtomobil O‘zbekistonda eng ommabop hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda kompaniya rasmiy sahifasida Chevrolet Cobalt avtomobili sotuvda mavjud emas. Hozirda sotuvda Onix, Damas-2, Tracker-2, Malibu-2, Traverse, Captiva-5T va Equinox avtomobillari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek