Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi – Shols

eʼlon qilindi
U, shuningdek, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga chaqirdi
Foto: Dpa.com

Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda Bundestagdagi siyosiy nutqida Germaniya Isroilni «o‘zini himoya qila oladigan holatda» ushlab turishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda DW axborot agentligi ma’lum qildi.

«Isroil hozir va kelajakda ham bizning birdamligimizga tayanishi mumkin», – dedi kansler.

Sholsning izohlari nemis ommaviy axborot vositalarida hukumat Isroilga qurol yetkazib berishni sekinlashtiryaptimi yoki yo‘qmi degan qarama-qarshi xabarlariga javob bo‘ldi.

Oxirgi sakkiz hafta ichida Germaniya hukumati Isroilga 31 mln yevro ($33,7 mln) qiymatidagi harbiy texnika va o‘q-dorilar eksportini tasdiqladi. Bu butun yil davomidagidan ikki baravar ko‘pdir, deya xabar beradi DPA nemis axborot agentligi.

Shu bilan birga, kansler Isroil ochlikdan urush quroli sifatida foydalanayotgani haqidagi iddaolar ortidan G‘azodagi xalqaro qonunlarni hurmat qilishi va insonparvarlik yordamining hududga kirishiga ruxsat berishi kerakligini ham ta’kidladi.

U G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga chaqirdi va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bu g‘oyaga qarshi ekanligini e’lon qilganiga qaramay ikki davlat asosidagi yechim mojaroga barham berishning yagona yo‘li ekaniga ishonishini takrorladi.

Shuningdek, Eronni Isroilga raketa zarbalarini to‘xtatishga chaqirib: «Eron olov bilan o‘ynashmoqda. Buni to‘xtatish kerak», – dedi Shols.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoʻllab-quvvatlagan edi.

Shuningdek