Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) oʻz konstitutsiyasini oʻzgartirib, Janubiy Koreyani mutlaq dushman davlat sifatida belgiladi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Shuningdek, KXDR hukumati janubiy chegaraning sharqiy va gʻarbiy hududlarida Janubiy Koreya bilan temir yoʻl va transport aloqalarini toʻliq ajratish choralarini koʻrdi.
15-oktabr kuni Gangvon viloyatining Goson okrugi Kamxo qishlogʻi va Panmun tumanidagi Tongne qishlogʻida avtomobil va temir yoʻllar portlash natijasida yoʻq qilindi. Bu Janub va Shimol oʻrtasidagi aloqalar butunlay uzilganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shimoliy Koreya ilk bor yadroviy qurollar bazasining fotosuratlarini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.