Oylik maosh 1000 yevro: oʻzbekistonliklar Litvaga ishga taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
Ish vaqti esa oyiga 200 soat
Foto: Krivis / depositphotos.com

Oʻzbekistonliklar Litvada tovuq goʻshti mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oylik maosh 1000 yevroni tashkil qiladi. Ish vaqti esa oyiga 200 soat, smenali (1 kun ish, 1 kun dam).

Nomzodlarga 20 – 45 yosh oraligʻida boʻlish, rus tilini muloqot darajasida bilish, sudlanmaganlik talablari qoʻyilgan. Shuningdek, nomzodlar xorijga chiqish taqiqlanmagan, jismonan va ruhan sogʻlom va zararli odatlardan xoli boʻlishi kerak.

Yashash joy, transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab berilsa, agentlik xizmati, oʻqitish va koʻniktirish toʻlovi, viza toʻlovi fuqaroning oʻzining hisobidan. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyadagi eng koʻp mehnat migrantlari Oʻzbekistondan ekani ma’lum boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek