Poytaxtdagi pulli «parkovka»ning narxlari belgilandi

eʼlon qilindi
Ba’zi toifadagi avtomobillar to’lov amalga oshirmaydi
Foto: Welcomia / Depositphotos.com

Toshkent shahrida pulli to‘xtash joylarining 1 soat uchun belgilangan narxlari e’lon qilindi. Qaror Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlandi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi qaroridan olindi

Unga ko‘ra, narxlar besh zonaga qarab farq qiladi. Bunda narxlar bir soati uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha belgilangan.

Ba‘zi toifadagi transport vositalaridan to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi. Bularga favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki ko‘k-qizil miltillovchi chiroq va maxsus
ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari kiradi.

Shuningdek, old va orqa oynalarida «7.17» yo‘l belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning hamda II Jahon urushi qatnashchisining transport vositalari ham shular jumlasidandir.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalari ham «parkovka» uchun to‘lov qilmaydi.

Bundan tashqari, unda savdo, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun besh foiz joy ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nima uchun samolyot chiptalari poyezd chiptalaridan arzonroq bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek