Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka rahbari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish masalasi ham ko‘rib chiqildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani, tomonlar kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish chora-tadbirlari qayd etildi.

Tomonlar terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik hamda tinchlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligi va samarali muvofiqlashtirish ahamiyatini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, uchrashuvda Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiy xalqlar uchun yagona alifbo joriy etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek