Qizlar uchun bepul SMM darslari yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Darslar «Toshkent yoshlarni sevadi» loyihasi doirasida tashkil etiladi
Foto: GaudiLab / depositphotos.com

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 30 yoshgacha bo‘lgan ming nafar qiz «Toshkent yoshlarni sevadi» loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkentda istiqomat qiluvchi qizlar o‘zlarining yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida ijtimoiy tarmoqlarni yuritish, kopirayting, mobilografiya, B2B sotuvlar, shaxsiy brend va boshqa turdagi SMM kurslari bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin.

Bundan tashqari, loyiha dasturi doirasida yoshlarga tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ham darslar o‘tiladi.

«Tadbirkorlik yo‘nalishida esa onlayn kiyim do‘koni ochishingiz, onlayn kurslar yaratishingiz yoki o‘z blogingizni yurgizib, biznesni rivojlantirishingiz mumkin», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazi O‘zbekistonda tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek