«Real Madrid» futbolchisi Kilian Mbappe olti yilga qamalishi mumkin

eʼlon qilindi
Shvetsiya politsiyasi ushbu ish bo‘yicha surishtiruvlarni boshlab yuborgan
Foto: Getty images

Madridning «Real» klubi hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jinsiy zoʻravonlik sabab olti yilga qamalishi mumkin.

Taxminlarga koʻra, bu holat Stokgolmdagi mehmonxonada sodir boʻlgan, forvard oʻtgan hafta terma jamoasi Budapeshtda Isroilga qarshi rasmiy oʻyin oʻtkazayotganda Shvetsiyada dam olgan.

Shvetsiya politsiyasi ushbu ish boʻyicha surishtiruvlarni boshlab yuborgan. Biroq Kilian Mbappe gumondor ekani haqida biror rasmiy ma’lumot berilgani yoʻq. Agar Kilian Mbappening aybi isbotlansa, mamlakat qonunlariga koʻra, u olti yilga qamalishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Mbappe yozgi transfer oynasida qirollik klubi futbolchisiga aylangan edi. Bunga qadar u Fransiyaning «PSJ» jamoasida toʻp surgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi BAA ustidan irodali g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek