Yangiliklar

Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Toshkentga keldi

Vakil bilan TIV rahbari Baxtiyor Saidov uchrashuv o‘tkazdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram kanal

Toshkentga Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Mozes Kavaaluuko Kizige keldi. Bu haqda TIV Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari afrikalik diplomat bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi», – deb yozdi Saidov.

Uchrashuv davomida tomonlarning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki, shuningdek, tadbirkorlik aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston Uganda davlati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgani haqida xabar bergan edi.