Yangiliklar

Veolia Toshkentda issiqlik ta’minoti qachon yoqilishini ma’lum qildi

Havoning o‘rtacha harorati ketma-ket besh kun davomida sakkiz darajadan past bo‘lsa, isitish ta’minoti yoqiladi
Foto: Unsplash

Toshkentda issiqlik ta’minoti shahar hokimining tegishli qarori chiqishi bilan yoqiladi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent.

Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asos boʻlmoqda. Unga koʻra, agar havoning oʻrtacha harorati ketma-ket besh kun davomida sakkiz darajadan past boʻlsa, isitish ta’minoti yoqilishi belgilangan.

“Isitish davri yoqilishining aniq sanasi ma’lum boʻlishi bilan biz rasmiy xabar beramiz», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti narxi oshgani haqida xabar bergan edi.