Behzod Hamrayev: 2025-yilda jismoniy shaxslar omonatlari $11 milliardga yetishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bank depozitlarining o‘sishi uchun ba’zi omillar muhim ahamiyatga ega
Foto: Kursiv Uzbekistan

2025-yilda jismoniy shaxslar omonatlari $11 milliardga yetishi mumkin, deya ta’kidladi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev. U Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan panel sessiyada respublikaning makroiqtisodiy vaziyati va moliya sektorining rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdi. Nutqi davomida Hamrayev bank sektoridagi depozitlarning tez o‘sishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga e‘tibor qaratdi.

Hamrayevning ta‘kidlashicha, quyidagilar bank depozitlari o‘sishining muhim omillari hisoblanadi:

  • Barqaror almashuv kursi: Yillik 7% atrofidagi milliy valyuta (so‘m) qadrsizlanishi.
  • Yuqori real foiz stavkalari: Xususan, fuqarolarga taqdim etilayotgan milliy valyutadagi muddatli omonatlar bo‘yicha 7-8% atrofidagi foizlar.
  • Mobil bank xizmatlari va yangi raqamli bank infratuzilmasining rivojlanishi: Bank xizmatlarini qulaylashtirish va raqamlashtirish orqali mijozlarni jalb qilish.

MB raisi o‘rinbosari depozitlarning o‘sishi bo‘yicha aniq raqamlarni ham keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, oxirgi 5-6 yilda fuqarolarning omonatlari o‘rtacha 1,5-1,6 marta oshib bormoqda (bir yil ichida). 2025-yilga kelib, jismoniy shaxslar omonatlari $11 milliardga yetishi mumkin. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2020-yilda $3 milliardga teng bo‘lgan, 2024-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra esa 105,7 trillion so‘mni ($8,2 mlrd) tashkil etgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikada fuqarolarning moliyaviy qarashlari qanday o‘zgarib borayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek