Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Digital university xususiy oliy oʻquv yurtining litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nodavlat ta’lim muassasasining 2022-yilda berilgan litsenziyasi talab va shartlar bajarilmagani uchun bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, OTM 2021-yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. Universitet raqamli iqtisodiyot va IT uchun mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti oʻz faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edi.